Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.10.2024

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi tomonidan 2024-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari.

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi tomonidan 2024-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari.

 

Viloyat adliya boshqarmasining Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, shoʻbaga joriy yilning oʻtgan davri davomida 94 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 61 ta murojaatlar koʻrib chiqilib hal etildi, koʻrib chiqilib hal etilgan murojaatlarning 43 tasi qanoatlantirildi, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berib hal etilgan.

Shundan, 10 ta murojaatlar mutaxassislar jalb etilgan holda oʻrganib chiqilgan.

Shoʻba tomonidan shu davr mobaynida 5 ta sohada oʻrganish hamda 14 ta qonun hujjatining ijrosi boʻyicha monitoring oʻtkazildi.  

Oʻrganish va monitoring natijalari boʻyicha jami 2315 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni tashkilotlar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, 22 ta hokimliklarda, 9 ta kadastr organlarida, 26 ta taʼlim muassasalarida, 230 ta sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlarida, 454 ta boshqa nazorat qiluvchi idoralar, 575 ta bandlik va mehnat munosabatlari idoralarida hamda 313 ta boshqa tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Oʻrganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 40 ta taqdimnomalar kiritilgan, 12 ta maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan boʻlsa, sudlarga 13 ta 10 mlrd 792 mln 974 ming 400 soʻmlik daʼvo arizalari kiritildi.

Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 26 nafar shaxslar intizomiy, 12 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 402 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan hamda 50 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarining 10 tasi qanoatlantirilgan va sudning hal qiluv qarorlarida 4 mlrd 413 mln. 772 ming soʻm undirish belgilangan.

Shoʻba tomonidan tashkilotlar faoliyatida oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 28 ta takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborilgan.

Sohaga oid jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida 5-marta soʻrovnomalar oʻtkazilib, ularda qariyib 1580 nafar respondentlar ishtirok etdi.

Shoʻba tomonidan jami 184 marotaba huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 23-marta OAV orqali (6 ta televideniya,
6 ta radio, 7 ta gazeta, 4 ta elektron nashrlarda), 45-marta ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda 116 marotaba ogʻzaki targʻibot tadbirlari tashkil etilgan.

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va
metodik taʼminlash shoʻbasi

 


Рўйҳатга қайтиш