Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.10.2024

MIRISHKOR TUMAN ADLIYA: 2024-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

MIRISHKOR TUMAN ADLIYA: 2024-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

 

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 293 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 174 tasi hal etilib, shundan 129 tasi yoki 74.1 foizi qanoatlantirilgan, 45 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 112 ta murojaat tegishligi bo’yicha yuborilgan, qoldiqda 9 ta murojaatlar qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2024-yil 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlardan 40 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha:

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 6 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yil 3-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 7 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 7 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida jami 13 ta o‘rganish va 45 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 92 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1982 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 75 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 34 ta taqdimnoma va 11 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 30 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Natijada 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 2 444 239,4 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 11 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 30 ta 4 506 459 500 so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 4 481 334.6 ming so’mlik 19 ta davo qanoatlantirilgan, 11 davo qoldiqda qolgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha:

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida jami 1959 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 73 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 1019 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar, 686 tasi og‘zaki, 181 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 686 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш