07.10.2024
amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Boʻlim tomonidan 2024-yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 479 ta murojaatlarning 385 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 308 ta yoki 80 foizi qanoatlantirilgan, 77 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 93 ta joyiga chiqib oʻrganilgan).
Oʻtkazilgan sayyor qabullar
Boʻlim tomonidan 2024-yilning 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 51 ta MFYlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 590 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 241 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 192 tasi qanoatlantirilgan va 49 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
5 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 3 ta taqdimnoma kiritildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha
Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 13 ta oʻrganish va 55 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 76 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 3366 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 45 ta taqdimnoma,
133 ta ogohnoma, 26 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy takliflar kiritildi.
Natijada
- 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 5120 mln. soʻm pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 108 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.
Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 52 ta daʼvo ariza va arizalar kiritilib toʻliq qanoatlantirilgan, 565 mln. soʻm manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 3-choragi davomida jami 1372 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 105 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 489 tasi ogʻzaki, 43 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 489 tasi manzilli targʻibot tadbirlaridan iboratdir.
Kitob tuman adliya boʻlimining 2024 yil 3-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
Kitob tuman adliya boʻlimining 2024 yil 3-chorak davomidaamalga oshirgan faoliyati yuzasidan

Kitob tuman adliya
boʻlimi boshligʻi R.Muhammadiyev