Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.10.2024

Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi faoliyatidan...

Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi faoliyatidan...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bo‘lim tomonidan 2024-yilning to‘qqiz oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 1005 ta murojaatning 876 tasi hal etilib, shundan 330 tasi yoki 32 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 37.6 foiz) qanoatlantirilgan, 414 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 350 ta murojaatning barchasi hal etilib, shundan 85 tasi yoki 24.2 foizi qanoatlantirilgan, 546 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 40 ta taqdimnomalar kiritildi. Shuningdek, 19 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 9 700 667 160 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.
Sho‘ba tomonidan hisobot davrida 9 178 277 000 so‘mlik 9 ta da’vo arizalari kiritildi.
Bundan tashqari, sho‘ba tomonidan 2024-yil to‘qqiz oyi davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 77 ta taqdimnoma va 31 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada fuqarolar foydasiga 4 202 838 894 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 153 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 70 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar va 121 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.

Inson huquqlarini himoya qilish
sho‘basi boshlig‘i
E.Ismoilov


Рўйҳатга қайтиш