07.10.2024
M A ʼ L U M O T
Qashqadaryo viloyat FHDYO boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 9-oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
Joriy yilning 9 oyi davomida tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari tomonidan 74 405 ta tugʻilish qayd etilgan boʻlib, shundan 39 102 tasi oʻgʻil bolalar, 35 302 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.
Shuningdek, tugʻilishining muddatini oʻtkazib qayd etish holatlari 692 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tugʻilishini qayd etish 12 ta, oʻlik tugʻilgan 644 ta, perinatal oʻlim holatlari 145 ta, yolgʻiz onadan tugʻilganlar 843 tani tashkil etadi.
Shuningdek, 3 552 ta otalikni belgilash qayd etilgan boʻlib, shundan sud qarori asosida 11 ta, farzandlikka olish 289 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.
Tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jami 17 908 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, shundan 7 tasi chet elliklar bilan, 22 tasi fuqaroligi yoʻq shaxslar bilan nikoh qayd etildi.
Tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari tomonidan jami 2 292 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan.
Joriy yilning 9 oyi davomida 12 010 ta oʻlim qayd etilgan boʻlib, bir yoshgacha oʻlganlar 1 644 ta, muddatini oʻtkazib oʻlimi qayd etilganlar 1 429 ta, sud qarori bilan 22 ta holatda oʻlim qayd etilgan.
Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 38 ta, fuqarolarning familiya, ismi va otasining ismini oʻzgartirishlar soni 524 tani tashkil etadi.
Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ariza asosida 1 466 ta, sud qarori asosida 26 tadan iborat.
Tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari tomonidan 251 ta tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar onlayn berilgan arizalar asosida rasmiylashtirildi va tegishli manzillarga yetkazildi.
Tuman (shahar) FHDYO boʻlimlari tomonidan 3 330 200 264 soʻm davlat boji, 3 407 658 196 soʻm gerb yigʻimi va 4 445 501 000 soʻm pullik xizmat undirilgan.
Qashqadaryo viloyat FHDYO boʻlimlari tomonidan 2024-yil 9-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Qashqadaryo viloyat FHDYO boʻlimlari tomonidan 2024-yil 9-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidanM A ʼ L U M O T