Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2024

Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 141 ta murojaatlarning 130 tasi hal etilib, shundan 94 tasi qanoatlantirilgan, 23 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 13 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan, 11 tasi qoldiqda qolgan.

Kelib tushgan 141 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.

Bo‘limga 2024-yilning 141 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning
25 tasi ariza, 116 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 7 ta o‘rganish va 45 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 61 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5142 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 47 ta taqdimnoma, 17 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 98 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 8 milliard 634 million 482 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 17 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 8 ta 527 mln 922 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 244 152 000 so‘m davo so`mmasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.

Ko‘kdala tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 2024-yilning 2-choragi davomida jami 634 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo’lib, shundan 243 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 347 tasi og‘zaki,
44 tasi yozma va ko’rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 9 takliflar berildi.

 

 


Рўйҳатга қайтиш