Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar...
Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shoʻba tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 313 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.
Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 289 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 46 ta murojaat qanoatlantirilgan, 216 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 8 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 11 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 8 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.
Hisobot davrida viloyatda jami 59 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 13 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 4 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini topgan.
Shuningdek, shoʻba tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida notarial idoralarda 34 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 3 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kundan
1 oyga qadar toʻxtatildi.
Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 5 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 5 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilish muddati
1 oydan 2 oygacha muddatga toʻxtatildi.
Huquqiy targʻibot sohasida 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida 142 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 10 tasi radio va televideniya, 11 ta gazeta, 121 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 68 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 2 187 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shoʻba tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 30-iyun kuniga qadar jami 487 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan boʻlib, shundan 2024-yilning 30-iyun holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 320 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
23 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 139 tani tashkil qiladi.
Shu jumladan, 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida berilgan litsenziyalar soni 19 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 6 tani tashkil qiladi.
2024-yilning 1-yarim yilligi davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 210 tani, shundan advokatlik byurolari 190 tani, advokatlik firmalari
16 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 6 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
12 tani tashkil qilgan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 6 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 5 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 113 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.
Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 113 ta masaladan 5 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 103 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 5 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.
Shu bilan birga, 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida talabgorlarga berilgan 19 ta litsenziyalar uchun jami 6.460.000 soʻm davlat boji, 19 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 3.230.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.
Yuridik xizmatlar sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ijrosini boʻyicha 2024-yilning 6 oyi davomida 22 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtkazilib, 21 nafari attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 2920, 28.08.2017-yil) ijrosi boʻyicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2024-yilning 6 oyi davomida 11 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish boʻyicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilib, 10 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berilgan.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami
2864, 28.02.2017-yil) ijrosi boʻyicha hududdagi barcha organlar va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga kelishish tartibiga qatʻiy rioya etilishi yuzasidan xatlar kiritilgan.
Hozirgi kunda adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari boʻyicha kelishish komissiyasi tomonidan 27 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimga tayinlash boʻyicha suhbat oʻtkazilib, natijasiga koʻra 19 nafar yuridik xizmat xodimi boʻyicha rozilik berilgan boʻlsa, 8 nafar nomzod suhbatdan oʻtmagan deb topilgan.
Bundan tashqari, 7 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati sohasida:
2024-yilning 6 oyi davomida Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarning 274 367 ta yuridik tusdagi hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 255 413 tasiga qonun hujjatlariga muvofiqligi sababli ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, 18 954 ta hujjat qonun hujjatlariga zidligi sababli rad etilgan.
Bundan tashqari, yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 180 talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan tumanlararo Iqtisodiy sudlarga 91 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar hodimlarini huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi qabul qilinayotgan sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida
13 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari olib borildi.
Bundan tashqari boshqarma tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi talablariga koʻra hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha tavsiyalar hamda hujjat naʼmunalarining yangi shakllari ishlab chiqilib, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarga tushuntirish va targʻibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Notariat, advokatura va
huquqiy xizmatlar shoʻbasi.