05.07.2024
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 100 ta murojaatning barchasi hal etilib, shundan 87 tasi yoki 87 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55 taga kamaygan.
Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha sudlarga jami 2 mlrd 253 mln 942 ming so‘mlik 10 ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan barcha da’vo ariza va arizalar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.
Shuningdek, tuman adliya bo‘limi tizimi tomonidan (YUXKM, DXM, FHDY, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar va boshqa mas’ullar bilan hamkorlikda) joriy yilning 6 oyi davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 18 ta MFYlar qamrab olingan holda 9 marotaba sayyor qabullar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 620 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 74 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan 4 ta monitoringlarda jami 22 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 3 ta taqdimnoma kiritildi va 240 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan joriy yilning 6 oyida jami 80 ta tashkilotlarda 7 ta o‘rganish va 41 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 2094 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 6 oyida jami 80 ta ta’sir choralari ko‘llanilgan bo‘lib, shundan, 13 ta ogohnoma, 24 ta ma’muriy, 10 ta da’vo ariza, 33 ta taqdimnoma kiritilgan. Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 5 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 24 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida jami 908 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 101 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali 432 ta chiqishlar, 300 tasi og‘zaki, 75 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 300 tasi manzilli targ‘ibot va 134 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 15 ta takliflar berildi.
Kasbi tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i M.Abdurasulov
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha