Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2024

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2024-YIL 2-CHORAK SARHISOBI

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 2-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2024-yil 2-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 157 ta murojaatlarning 152 tasi hal etilib, shundan 99 tasi  qanoatlantirilgan, 53 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 ta murojaatlar qoldiqda qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2024-yil 2-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahardagi 64 ta MFYlardan 40 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1255 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 22 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va
norma ijodkorligi bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 4 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yil 2-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 4 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 21 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2024-yilning 2-choragi davomida jami 7 ta o‘rganish va 36 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 75 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1747 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 82 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 34 ta taqdimnoma va 12 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 36 ta da’vo arizalari kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 56 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.
Natijada 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 12 mlrd. 317 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 12 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 36 ta 1 787 094 190 so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 942 mln 844 ming so‘m da’vo arizalar qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 2-chorak davomida jami 1078 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 91 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 557 tasi og‘zaki, 200 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш