Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2024

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi tomonidan 2024-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari.

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi tomonidan 2024-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari.

Viloyat adliya boshqarmasining Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, shoʻbaga joriy yilning oʻtgan davri davomida 66 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 45 ta murojaatlar koʻrib chiqilib hal etildi, koʻrib chiqilib hal etilgan murojaatlarning 34 tasi qanoatlantirildi, 11 tasiga huquqiy tushuntirish berib hal etilgan.
Shundan, 7 ta murojaatlar mutaxassislar jalb etilgan holda oʻrganib chiqilgan.
Shoʻba tomonidan shu davr mobaynida 3 ta sohada oʻrganish hamda 10 ta qonun hujjatining ijrosi boʻyicha monitoring oʻtkazildi.  
Oʻrganish va monitoring natijalari boʻyicha jami 1969 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni tashkilotlar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, 12 ta hokimliklarda, 9 ta kadastr organlarida, 230 ta sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlarida, 454 ta boshqa nazorat qiluvchi idoralar hamda 3 ta boshqa tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Oʻrganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 29 ta taqdimnomalar kiritilgan, 9 ta maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan boʻlsa, sudlarga 13 ta 10 mlrd 792 mln 974 ming 400 soʻmlik daʼvo arizalari kiritildi.
Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 16 nafar shaxslar intizomiy, 9 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 398 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan hamda 49 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.
Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarining 9 tasi qanoatlantirilgan va sudning hal qiluv qarorlarida 2 mlrd 597 mln. 855 ming soʻm undirish belgilangan.
Shoʻba tomonidan tashkilotlar faoliyatida oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 20 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborilgan.
Sohaga oid jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida 4-marta soʻrovnomalar oʻtkazilib, ularda qariyib 1480 nafar respondentlar ishtirok etdi.
Shoʻba tomonidan jami 149 marotaba huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 18-marta OAV orqali (3 ta televideniya,
5 ta radio, 6 ta gazeta, 4 ta elektron nashrlarda),  35-marta ijtimsoiy tarmoqlar orqali hamda 96 marotaba ogʻzaki targʻibot tadbirlari tashkil etilgan.

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va
metodik taʼminlash shoʻbasi


Рўйҳатга қайтиш