2024-yilning 1-yarim yilligi davomida Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻyicha
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻyicha 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Xususan, intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 32 nafar shaxslarga intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyhatidan oʻtkazish uchun talabnomalar topshirish boʻyicha koʻmaklashilib, ularga mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilishining oldini olish maqsadida ommaviy joylarda, jumladan seminar, tarqatma materiallarni tarqatish va OAV chiqishlar koʻrinishidagi jami 50 marotaba profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida oʻtkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida jami 305 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tashkilot va tadbirkorlik subektlariga kiritilgan 21 ta taqdimnomalarning barchasi ijrosi toʻliq taʼminlangan.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 7 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib tegishli sudlarga joʻnatilib, barchasisi boʻyicha sud tomonidan jarima jazolari belgilangan.
Tizim orqali kelib tushgan 9 ta shikoyat va 1 ta ariza turidagi murojaatlarning 5 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 2 tasi hisobot davri ohirida qoldiq boʻlib oʻtgan.
Qanoatlantirilgan shikoyatlar boʻyicha 2 marotaba tadbirkorlik subyektlariga tekshirish oʻtkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha 2 ta taqdimnoma kiritilib uning ijrosi toʻliq taʼminlangan.
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan 63 ta turli koʻrinishdagi huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shulardan 8 tasi televideniya, 3 tasi radio, 2 tasi gazeta, 28 tasi veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari, 18 ta seminar, maʼroʻza va davra suhbatlari tarzidagi ogʻzaki huquqiy targʻibot, 4 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot tarzida amalga oshirilgan.
Intellektual mulk huquqlarini
himoya qilish boʻyicha-bosh maslahatchi
I.Sharapov