Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2024

2024-yilning 1-yarim yilligi davomida Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi faoliyatidan...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bo‘lim tomonidan 2024-yilning olti oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 681 ta murojaatning 637 tasi hal etilib, shundan 223 tasi yoki 35 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 32.7 foiz) qanoatlantirilgan, 414 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 350 ta murojaatning barchasi hal etilib, shundan 85 tasi yoki 24.2 foizi qanoatlantirilgan, 265 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 35 ta taqdimnomalar kiritildi. Shuningdek, 14 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 9 681 036 060 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

Sho‘ba tomonidan hisobot davrida 9 178 277 000 so‘mlik 7 ta da’vo arizalari kiritildi.

Bundan tashqari, sho‘ba tomonidan 2024-yil olti oyi davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 57 ta taqdimnoma va 22 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada fuqarolar foydasiga 2 151 172 811 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 121 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 43 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar va 78 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.

 

Inson huquqlarini himoya qilish

sho‘basi boshlig‘i

E.Ismoilov 

 

 




Рўйҳатга қайтиш