Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 3 984 ta murojaatning 3 633 tasi hal etilib, shundan 2 166 tasi yoki 54 foizi qanoatlantirildi, 1 467 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 900 ta murojaatning 920 tasi (oʻtgan yildagi qoldiq bilan) hal etilib, shundan 289 tasi yoki 32 foizi qanoatlantirildi, 631 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 62 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib,
55 tasiga ijobiy xulosa berildi, 7 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 9 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 13 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 10 tasi (5 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari) bekor qilinib, 3 tasi qonun hujjatlarga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 181 ta takliflar ishlab chiqildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan
taʼsir choralari boʻyicha
Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 149 ta oʻrganish va 684 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 1 079 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 48 805 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 832 ta taqdimnoma, 370 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 293 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 108 nafar shaxs intizomiy (shundan 4 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 368 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 2 496 ta noqonuniy hujjatlar aniqlanib, 638 ta bekor qilindi, 1 858 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi, shuningdek, 87 mlrd. 977 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 36 mlrd. 358 mln. soʻmlik 314 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 25 mlrd. 398 mln. soʻmlik 269 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.
Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2024-yil 30-iyun holatiga koʻra jami 607 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 435 tasi davlat roʻyxatiga, 172 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
188 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 186 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Advokatura sohasi boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2024-yil 30-iyun holatida jami 487 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 320 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 5 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar,
23 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 139 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha
Markazlar tomonidan jami 274 367 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.
Ushbu hujjatlardan 255 413 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 18 954 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.
Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 180 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga 91 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha
Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami
666 926 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 464 484 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali, 202 442 tasi internet orqali murojaat qilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 609 469 tasi hal etilgan va 57 457 tasi rad etilgan.
FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 43 582 ta
(23 032 ta oʻgʻil, 20 550 ta qiz) tugʻilish, 9 801 ta nikoh, 1 568 ta nikohdan ajralish, 7 980 ta oʻlim, 2 316 ta otalikni belgilash,
211 ta farzandlikka olish, 968 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.
FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 2 mlrd.
056 mln. 493 ming soʻmlik davlat boji, 2 mlrd. 107 mln. 350 ming soʻmlik gerb yigʻimi hamda 2 mlrd. 487 mln. 287 ming soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 14 075 ta, shundan 1 461 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 6 310 tasi ijtimoiy tarmoqlari orqali chiqishlar, 5 237 tasi ogʻzaki, 1 067 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 2 872 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 5 133 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat
adliya boshqarmasi