TARG‘IBOT
Bugungi kunda, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi muassasa xodimlari tomonidan jamiyatda aholining huquqiy ongini hamda madaniyatini yanada oshirishga, qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2024-yilning 1-choragi davomida boshqarmaning huquqiy axborot yo‘nalishi bo‘yicha 280 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Ulardan 29 marotaba og‘zaki, 237 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.
Shuningdek, tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida 14 turdagi, 146 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatilishi ta’minlandi.
Boshqarmasining huquqiy axborot yo‘nalishi bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlaridan samarali tarzda foydalanilmoqda.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar, so‘rovnomalar, adliya boshqarmasi va uning tizimidagi muassasa xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yoritilishi ta’minlandi.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali:
– viktorina shaklida bilasizmi rukni (har kuni 10 tadan ortiq savol);
– so’ragan edingiz rukni (har haftada 4 marotaba);
– so‘rovnomalar (har chorakda 1 marotaba);
– huquqimni bilaman radio eshitirish va ovozli habarlar (har haftada 4 marotaba);
– postlar, videoroliklar, qisqa kontentlar, inforgafika va boshqalar orqali yoritilishi ta’minlandi.
Viloyat teleradiokompaniyasi va Qarshi shahar “Nasaf tv” bilan hamkorlikda “Savol bering, javob beramiz” rukni hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini titr orqali yoritilishi tashkil etilib, har haftada boshqarmada savol-javoblar tayyorlanib televideniye orqali efirga uzatildi.
“Sevimli”, “Zo‘r tv” va “O‘zbekiston 24” telekanallari bilan hamkorlikda “Adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar”, “Bir murojaat izidan” va boshqa yo‘nalishdagi lavhalar tayyorlanib efirga o‘zatilishi ta’minlandi.
Viloyat “Oltin voha” radioasida “Inson va qonun”, “Qonun va ijro”, “Huquqimni bilaman” va boshqa eshittirishlar orqali haftada to‘rt marotaba intervyular tayyorlanib, efirga o‘zatilmoqda.
Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishi bo‘yicha aksiyalar, fleshmoblar, sayilar va boshqa yo‘nalishdagi tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, 2024-yil 1-choragi davomida huquqiy axborot sohasida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”, "Ziyo ulash", Huquq taxi, «Til tur» aksiyalari tashkil etildi.
Birgina “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiya doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Aksiya doirasida 5 754 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, targ‘ibot tadbirlari doirasida fuqarolardan 152 ta murojatlar kelib tushdi, shundan, 102 tasi qanoatlantirildi, 17 tasiga tushuntirish berildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 49 tasi buyicha sudlarga da’vo ariza kiritildi va qanoatlantirilishi ta’minlandi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan butun Respublikamiz bo‘ylab yanvar oyida “Ziyo ulash” aksiyasiga start berildi.
Aksiya doirasida vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlar faol ishtirok etib, mahalla kutubxonalarini boyitishga, eng chekka hududlardagi yoshlarning ham kutubxonalardan foydalanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratishga hissa qo‘shishdi.
Shu bilan birga Qashqadaryo viloyatining 16 ta hududidagi 16 ta mahallada “Kutubxona”lar tashkil etildi.
Mahalla kutubxonasini nafaqat kitoblar bilan boyitish, balki u yerda yoshlarning mutolaa bilan band bo‘lishi, kitobxonlik kechalarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratishga ham alohida e’tibor qaratildi. Har bir kutubxona kerakli mebel jihozlari, zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi.
Umumiy hisobda "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida adliya xodimlari tomonidan 16 ta mahalla kutubxonasiga 4 000 ga yaqin kitoblar to‘plami topshirildi.
Shuningdek, 11 ta kompyuter jamlanmasi, 46 ta kitob javoni hamda boshqa zarur mebel jihozlari yetkazib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining2022 yil 16 maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.
Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) kesimida shtab tuzildi va “Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Viloyat adliya boshqarmasi va viloyat IIB HPB hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil” va “sariq” hududga mansub mahallalarda firibgarlik jinoyatlarini oldini olish maqsadida manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.