Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.01.2024

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2023-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 8 146 ta murojaatning 7 420 tasi hal etilib, shundan 3 927 tasi yoki 53 foizi qanoatlantirildi, 3 493 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 1 711 ta murojaatning 1 663 tasi hal etilib, shundan 317 tasi yoki 19 foizi qanoatlantirildi, 1 346 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 154 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 180 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 550 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 28 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 649 ta takliflar ishlab chiqildi.

 

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan
taʼsir choralari boʻyicha

Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 435 ta oʻrganish va 1 506 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 2 790 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 74 614 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 2 263 ta taqdimnoma, 1 028 ta maʼmuriy va 4 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 1 876 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 579 nafar shaxs intizomiy (shundan 20 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 1 011 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 3 759 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, 3 nafar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) toʻxtatildi, shuningdek, 328 mlrd. 967 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 28 mlrd. 688 mln. soʻmlik 1 222 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 26 mlrd. 356 mln. soʻmlik 1 231 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.

 

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha

 

Boshqarma tomonidan 2023-yil 31-dekabr holatiga koʻra jami
590 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 398 tasi davlat roʻyxatiga, 192 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
188 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 186 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Advokatura sohasi boʻyicha

 

Boshqarma tomonidan 2023-yil 31-dekabr holatida jami
468 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 310 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 5 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 133 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha

 

Markazlar tomonidan jami 512 373 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.

Ushbu hujjatlardan 476 991 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 35 382 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.

Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 996 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga
505 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha

 

Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami
1 057 412 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 819 496 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali, 237 916 tasi internet orqali murojaat qilgan.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 979 384 tasi hal etilgan va 78 028 tasi rad etilgan.

FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 102 345 ta
(53 150 ta oʻgʻil, 49 195 ta qiz) tugʻilish, 30 908 ta nikoh, 3 186 ta nikohdan ajralish, 18 562 ta oʻlim, 4 866 ta otalikni belgilash,
392 ta farzandlikka olish, 1 974 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.

FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 4 mlrd.
693 mln. 663 ming soʻmlik davlat boji, 5 mlrd. 957 mln. 925 ming soʻmlik gerb yigʻimi hamda 6 mlrd. 528 mln. 804 ming soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 24 049 ta, shundan 16 261 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 6 065 tasi ogʻzaki, 1 723 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1 794 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 5 270 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.

 

Qashqadaryo viloyat

adliya boshqarmasi


Рўйҳатга қайтиш