Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi faoliyatidan...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bo‘lim tomonidan 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 1441 ta murojaatning 1126 tasi hal etilib, shundan 351 tasi yoki 24.3 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 31.1 foiz) qanoatlantirilgan, 775 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 328 ta murojaatning 308 tasi hal etilib, shundan 63 tasi yoki 19.2 foizi qanoatlantirilgan, 245 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 46 ta taqdimnomalar kiritildi. Natijada 13 nafar xodim intizomiy javobgarlikka, 19 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 696 439 300 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida 685 714 000 so‘mlik 79 ta da’vo arizalari kiritildi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2023-yil davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 92 ta taqdimnoma va 37 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada 22 ta shaxs intizomiy jazoga tortildi. Shu bilan birga, fuqarolar foydasiga 16 626 429 636 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 105 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 69 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 34 tasini og‘zaki, 2 tasini yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.
Inson huquqlarini himoya qilish
sho‘basi boshlig‘i
E.Ismoilov