Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2023

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023 yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning 2-choragi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 190 ta murojaatning 186 tasi hal etilib, shundan 126 tasi yoki 67,7 foizi qanoatlantirildi, 50 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 6 oyi davomida tumandagi davlat notarial idoralari notariuslar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlardan 25 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari adliya boʻlimining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 200 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 55 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yilning 2-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida oʻrganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2 ta taqdimnoma kiritildi.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 10 ta takliflar berildi.

Adliya boʻlimi tomonidan hisobot davrida jami 5 ta oʻrganish va 38 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 73 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida
1973 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 253 ta tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.

Xususan, 41 ta taqdimnoma, 19 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 201 ta ogohnoma hamda 40 ta daʼvo arizalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 4 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 45 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga 20 126 773 100 soʻmlik mablagʻ undirib berilgan.

Bundan tashqari kiritilgan 40 ta daʼvo arizalarning, 36 tasi qanoatlantirilgan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 6 oyi davomida jami 503 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 350 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 123 tasi ogʻzaki, 30 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 95 tasi manzilli targʻibot va 40 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi boshligʻi Sh.Uzakov


Рўйҳатга қайтиш