Yakkabogʻ tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023 yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar
Yakkabogʻ tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning 2-choragi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 91 ta murojaatning 88 tasi hal etilib, shundan 67 tasi qanoatlantirilib, 21 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 6 oyi davomida davlat xizmatlari markazi va FHDYO boʻlimi bilan birgalikda tumandagi 62 ta MFYlardan 31 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari adliya boʻlimining telegram hamda “facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifalarida keng yoritib borildi.
Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 350 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 35 ta murojaat boʻlim ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqildi.
Boʻlim tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qarori loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 30 ta takliflar berildi.
Adliya boʻlimi tomonidan hisobot davrida jami 5 ta oʻrganish va 38 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 80 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida
838 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 134 ta tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.
Xususan, 40 ta taqdimnoma, 13 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 62 ta ogohnoma hamda 19 ta daʼvo ariza kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 4 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, davlat organlari va tashkilotlarining 112 ta hujjatlari bekor qilinib, taqdimnoma natijasida 1 766 800 100 soʻmlik mablagʻ qonuniy egalariga qaytarildi.
Sudlarga kiritilgan 19 ta daʼvo arizalarining 15 tasi qanoatlantirildi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 6 oyi davomida jami 449 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 263 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 175 tasi ogʻzaki, 11 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 145 tasi manzilli targʻibot va 47 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.
Yakkabogʻ tuman adliya boʻlimi boshligʻi M.Yusupov