Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2023

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shoʻba tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 307 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.
Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 197 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 40 ta murojaat qanoatlantirilgan, 107 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 5 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 49 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.
Hisobot davrida viloyatda jami 56 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 20 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 3 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini topgan.
Shuningdek, shoʻba tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida notarial idoralarda 14 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 5 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kundan
1 oy muddatgacha toʻxtatildi.
Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 10 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 10 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilish muddati
1 oydan 3 oygacha muddatga toʻxtatildi.
Huquqiy targʻibot sohasida 2023-yilning 6 oyi davomida 60 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan
12 tasi radio va televideniya, 17 ta gazeta, 31 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 36 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 2458 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shoʻba tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 1-iyul kuniga qadar jami 442 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan boʻlib, shundan joriy yilning 1-iyul holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 291 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
20 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 130 tani tashkil qiladi.
Shu jumladan, 2023-yilning 6 oyi davomida berilgan litsenziyalar
soni 30 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 7 tani tashkil qiladi.
2023-yilning 1-yarim yilligi davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 158 tani, shundan advokatlik byurolari 136 tani, advokatlik firmalari 18 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 8 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
14 tani tashkil qilgan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 7 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi  davomida viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 17 nafarini Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻqitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga koʻmaklashildi.
Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 6 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 128 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.
Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 128 ta masaladan 5 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 117 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 6 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.
Shu bilan birga, 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida talabgorlarga berilgan 30 ta litsenziyalar uchun jami 9.120.000 soʻm davlat boji, 30 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 4.560.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.



Yuridik xizmatlar sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ijrosini boʻyicha 2023-yil 1-yarim yilligi davomida 7 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtkazilib, 7 nafari ham attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 2920, 28.08.2017-yil) ijrosi boʻyicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2023-yil 1-yarim yilligi davomida 2 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish boʻyicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilib, 2 nafar yuridik xizmat xodimlariga ham martaba darajasi berilgan.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami
2864, 28.02.2017-yil) ijrosi boʻyicha hududdagi barcha organlar va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga kelishish tartibiga qatʻiy rioya etilishi yuzasidan xatlar kiritilgan.
Hozirgi kunda adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari boʻyicha kelishish komissiyasi tomonidan 18 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimga tayinlash boʻyicha suhbat oʻtkazilib, natijasiga koʻra 14 nafar yuridik xizmat xodimi boʻyicha rozilik berilgan boʻlsa, 4 nafar nomzod suhbatdan oʻtmagan deb topilgan.
Bundan tashqari, 13 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati sohasida:
2023-yil 1-yarim yilligi davomida Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarning 191 176  ta yuridik tusdagi hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 183 489 tasiga qonun hujjatlariga muvofiqligi sababli ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, 7 688  ta hujjat qonun hujjatlariga zidligi sababli rad etilgan.
Bundan tashqari, yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 487 talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan tumanlararo Iqtisodiy sudlarga 215 tadaʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar hodimlarini huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi qabul qilinayotgan sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida
23 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari olib borildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi
PQ-5168-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga bepul yuridik xizmat koʻrsatilishi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri yetib belgilangan.
Shunga koʻra bugungi kunda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar boʻyicha” hamda “Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar boʻyicha” QOʻLLANMALAR ishlab chiqilgan boʻlib, markazlar tomonidan viloyatning barcha hududidagi  Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan bevosita uchrashuvlar belgilanib, bepul huquqiy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.
Bundan tashqari boshqarma tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi talablariga koʻra hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha tavsiyalar hamda hujjat naʼmunalarining yangi shakllari ishlab chiqilib, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarga tushuntirish va targʻibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.



    Notariat, advokatura va
huquqiy xizmatlar shoʻbasi.

Рўйҳатга қайтиш