MUBORAK TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 20 ta murojaatning 15 tasi hal etilib, shundan 12 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,
5 tasi ijroda (qoldiq) qolgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va
norma ijodkorligi boʻyicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
1 tasi (1 tasi tuman Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori)ga rozilik vizasi qoʻyilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan monitoringlar natijasi boʻyicha 6 ta taqdimnoma kiritilib, 26 ta normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan qaror va famoyishlar bekor qilingan.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʻsir choralari boʻyicha
Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida jami 3 ta oʻrganishlar va 18 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 46 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 408 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 61 ta tegishli taʻsir choralari qoʻllanildi.
Xususan, 23 ta taqdimnoma, 24 ta ogohnoma va 7 ta maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif hamda bayonomalar rasmiylashtirilgan va
7 ta daʻvo arizalari kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 8 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 26 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining
hujjatlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga koʻra muvofiqlashtirilgan, 187 334 400 soʻmlik mablagʻ undirib berilgan.
Shuningdek, kiritilgan maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 7 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka tortilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida jami 523 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 468 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 50 tasi ogʻzaki, 5 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 31 tasi manzilli targʻibot va 16 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.
Muborak tuman adliya boʻlimi boshligʻi H.Achilov