Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2023

Gʻuzor tuman adliya boʻlimining 2023 yil 1-chorak davomida sarxisobi

Gʻuzor tuman adliya boʻlimining 2023 yil 1-chorak davomida sarxisobi

Gʻuzor tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 64 ta murojaatlarning 37 tasi qonun doirasida koʻrib chiqilgan yoki 57,8 foizi hal etilgan boʻlib, shundan 24 tasi yoki 64,8 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 13 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga koʻra koʻrib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 26 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq boʻlib qolgan (4 ta murojaat joyiga chiqib oʻrganilgan).

Oʻtkazilgan   sayyor   qabullar

Boʻlim tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 8 ta MFYlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 245 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 5 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 5 tasi ham qanoatlantirilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan va rozilik vizasi qoʻyildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 3 ta taqdimnoma kiritilib, 15 ta qaror va farmoyishlar bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha

Boʻlimi tomonidan hisobot davrida jami 3 ta oʻrganish va 21 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 39 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 550 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 80 ta taʼsir choralari qoʻllanildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 36 ta taqdimnoma 8 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma va takliflar, 36 ta daʼvo arizalari hamda kiritilgan taqdimnomalarga asosan 36 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

                                          Natijada

- 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 561 595 000 soʻmdan ortiq pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

Kiritilgan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 8 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 1 nafar shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi taklif keyingi chorakka qoldiq boʻlib oʻtgan.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 36 ta daʼvo ariza va arizalar kiritilib toʻliq qanoatlantirilgan, 225 415 200 soʻm manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

Boʻlim tomonidan oʻtgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 8 ta takliflar berilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yil 1-choragida jami 596 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 459 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 103 tasi ogʻzaki, 34 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 103 tasi manzilli targʻibot va 12 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Gʻuzor tuman adliya

boʻlimi boshligʻi  

M.Q. Salimov

                                   

                                                        


Рўйҳатга қайтиш