Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi tomonidan amalga 2023-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo viloyat filialiga 1 ta taqdimnoma;

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi boʻyicha viloyat Sogʻliqni saqlash, Oila va xotin-qizlar, Suv xoʻjaligi va Statistika boshqarmalariga jami 4 ta taqdimnoma kiritildi.

3. Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Qosimov Zokir Abdixamidovichga hamda Qashqadaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Shaymardonov Rasul Maxmadaminovichga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning
1984-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi yuzasidan maʻmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi
PF–6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qaroriga muvofiq viloyat tashkilotlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
10-sentyabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-373-son qaror boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga jami 28 ta ogohnomalar kiritildi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

hujjatlari ijrosini nazorat qilish shoʻbasi


Рўйҳатга қайтиш