Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2023

Huquqiy targ‘ibot faoliyatidan...

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan aholini xabardor qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishi bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 1-choragi davomida boshqarmasining huquqiy targ‘ibot yo‘nalishi bo‘yicha 161 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Ulardan 36 marotaba og‘zaki, 119 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.
Shuningdek, tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida 6 turdagi, 66 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlar tarqatildi.
Boshqarmasining huquqiy targ‘ibot yo‘nalishi bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlaridan samarali tarzda foydalanilmoqda.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar, so‘rovnomalar, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yoritilishi ta’minlandi.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali:
– viktorina shaklida bilasizmi rukni (har kuni 10 tadan ortiq savol);
– so‘rovnomalar (har chorakda 1 marotaba);
– Huquqimni bilaman radio eshitirish va ovozli habarlar (har haftada 4 marotaba);
– postlar, videoroliklar, qisqa kontentlar, inforgafika va boshqalar orqali yoritilishi ta’minlandi.
Viloyat teleradiokompaniyasi va Qarshi shahar “Nasaf tv” bilan hamkorlikda “Savol bering, javob beramiz” rukni tashkil etilib, har haftada boshqarmada savol-javoblar tayyorlanib televideniye orqali yoritilmoqda.
“Sevimli”, “Zo‘r tv” va “O‘zbekiston 24” telekanallari bilan hamkorlikda “Adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar”, “Bir murojaat izidan” va boshqa yo‘nalishdagi lavhalar tayyorlanib efirga o‘zatilishi ta’minlanmoqda.
Viloyat “Oltin voha” radioasida “Inson va qonun”, “Qonun va ijro”, “Huquqimni bilaman” va boshqa eshittirishlar orqali haftada to‘rt marotaba intervyular tayyorlanib, efirga o‘zatilmoqda.
Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishi bo‘yicha aksiyalar, sayilar va boshqa yo‘nalishdagi tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 6-aprel kuni Qarshi shahridagi istirohat bog‘ida “Konstitutsiya - kelajagimiz kafolati” shiori ostida huquqiy Aksiya tashkil etildi.
Ushbu huquqiy aksiyada fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, muammolarini tinglash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli amaliy huquqiy yordamlar ko‘rsatish, joyida sayyor qabullar va davlat xizmatlari, notarial harakatlar va FHDYo organlari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish va boshqa muammolarni hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbirda aholining muammolari hamda murojaatlarini tinglash, kerakli amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYo, notariuslar, advokatlar palatasi, Madad NNT hududiy byurosi hamda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirok etib, aholining muammo va murojaatlari qabul qilindi.
Qabul davomida 300 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
Xususan, notariat sohasida 10 ta, advokatura sohasida 20 ta, FHDYoga oid 16 ta hamda boshqa sohalarga oid 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli tartibda ish yurituvlariga olindi.
Shuningdek, uyma-uy yurgan holda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Huquqiy aksiya doirasida aholining turli qatlamlariga qonunchilikda berilgan imtiyozlar, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar olish tartibi, tadbirkorlik faoliyatini yuritish, uy-joy olish, kredit rasmiylashtirish, yer ajratish tartiblari hamda yangi taxrirdagi qabul qilinayotgan Konstitutsiyaning afzalliklari va referendumga oid 1000 dan ortiq flayer, bukletlar fuqarolarga tarqatildi.
Tadbirda madaniyat vakillari tomonidan kuy qo‘shiqlari bilan aholiga kutarinki kayfiyat baxsh etishdi hamda Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan xunarmandlar tomonidan qo‘lda yasalgan maxsulotlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirda viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan iborat “Adolat qanotlari” klubi aʼzolari tomonidan “Street law” loyihasi doirasida yoshlar va ayollarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar, mehnat sohasidagi munosabatlar va boshqalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, yoshlarning huquqiy bilimlarini sinash maqsadida huquqiy viktorina tashkil etildi va g‘olib bo‘lgan yoshlarga adliya boshqarmasining sovg‘alari topshirildi.
Mazkur tadbir tafsilotlari viloyat televideniesi, “Zo‘r tv”, Qarshi shahar “Nasaf tv” va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.
Shuningdek, joriy yilning fevral oyida “huquq taksi” aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiyaning asosiy maqsadi jamoat transportlari va yo'llarda, mahalla hamda boshqa joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishdan iborat.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Referendum o‘tkazish tartibi va huquqiy asoslari” mavzusida davlat organlari va tashkilotlari, harbiy qismlarda, ta’lim muasasalarida, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, joylarda 30 ga yaqin huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib OAV va boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritildi.
Jumladan, joriy yilninng 29-mart kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti toʻrtinchi mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasining mahkumlari ishtirokida, 25-mart kuni viloyat kasaba uyushmalari federatsiyasida qarshi shahridagi deputatlar ishtirokida, 15-mart kuni QMII bilan hamkorlikda “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbatilari o‘tkazildi.
Tadbir tafsilotlari “Nasaf tv” telekanalining “Xabarlar” dasturi orqali va boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlari orqali keng yoritildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat IIB HPB bilan hamkorlikda jinoyatlar soni oshgan mahallalarda jinoyat sodir etilishi sabablari, bunga imkon beruvchi sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida aholi o‘rtasida so'rovnoma o'tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining
2022 yil 16 maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.
Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) kesimida shtab tuzildi va “Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Viloyat adliya boshqarmasi va viloyat IIB HPB hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil” va “sariq” hududga mansub mahallalarda firibgarlik jinoyatlarini oldini olish maqsadida manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.


Huquqiy axborot


Рўйҳатга қайтиш