Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 21-oktyabrdagi noyabrdagi 16/22-son hayʻat yigʻilish bayonida koʻrsatib oʻtilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan admin.licenses.uz elektron tizimi orqali yuborilgan elektron maxsus xabarlar oʻrganib chiqildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomining 18-bandida, talabgorning arizasini koʻrib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar pasportlarni belgilangan muddatlarda tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etishi lozimligi, kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy hisoblanishi shuningndek, bunday holatda kelishiladigan organlar vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻlishi hamda bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish imkoni boʻlmaganda, talabgorning arizasini koʻrib chiqish muddati va tartibini buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanishi belgilangan.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi tomonidan admin.licenses.uz elektron tizimi orqali yuborilgan elektron maxsus xabarlar oʻrganib chiqilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 19-martdagi
65-um-son “Davlat xizmatlarining “sirli mijoz” instituti faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan “sirli mijoz” monitoringini oʻtkazish rejalashtirilgan davlat xizmatlari roʻyxati va savolnomalari asosida boʻlim tomonidan 16 ta tashkilotlarga “Sirli mijoz” tadbirlari oʻtkazilgan.
Bundan tashqari, boʻlim tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatilishida yoʻl qoʻygan vakolatli tashkilotlarga nisbatan kiritilgan 20 ta taqdimnomalar va 12 ta ogohnomalar kiritilgan.
Shuningdek, boʻlim tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida qonun buzish holatlariga yoʻl qoʻygan vakolatli tashkilot masʻul xodimlarining
30 nafariga intizomiy jazo chorasi va 61 nafariga MJtKning 2155-moddasi bilan maʻmuriy jarimalar qoʻllanilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi
ustidan nazorat qilish boʻlimi