Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.04.2023

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi tomonidan 2023-yil 1-apreliga qadar amalga oshirilgan ishlari

Viloyat adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari jrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan boʻlimga joriy yilning oʻtgan davri davomida 64 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 43ta murojaatlar koʻrib chiqilib hal etildi,
18 ta murojaatlar koʻrib chiqish uchun tegishliligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborildi, koʻrib chiqilib hal etilgan murojaatlarning
31 tasi qanoatlantirildi, 12 tasiga huquqiy tushuntirish berib hal etilgan.

Kelib tushgan 10 ta murojaatlarni oʻrganishda mutaxassislar jalb etilgan boʻlsa, 1 ta murojaatlar joyiga chiqib oʻrganildi.

Boʻlim tomonidan shu davr mobaynida 1 ta sohada oʻrganish hamda 5 ta qonun hujjatining ijrosi boʻyicha monitoring oʻtkazildi.  

Oʻrganish va monitoring natijalari boʻyicha jami 1093 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni tashkilotlar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, 2 ta hokimliklarda, 3 ta sogʻliqni saqlash idoralarida, 5 ta taʼlim muassasalarida, 19 ta qishloq xoʻjaligi idoralarida, 167 ta sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari hamda 897 ta boshqa nazorat qiluvchi idoralar hissasiga toʻgʻri keladi.

Oʻrganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 27 ta taqdimnomalar, 2 ta maʼmuriy takliflar, 48 ta ogohnomalar kiritilgan boʻlsa, sudlarga 13 ta 218 mln soʻmlik daʼvo arizalari kiritildi.

Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 27 nafar shaxslar intizomiy, 2 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 77 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan.

Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarining 3 tasi koʻrib chiqilib qanoatlantirilgan va sudning hal qiluv qarorlarida 225 mln. soʻm undirish belgilangan.

Boʻlim tomonidan tashkilotlar faoliyatida oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 20 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborilgan.

Sohaga oid jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida 4-marta soʻrovnomalar oʻtkazilib, ularda qariyib 486 nafar respondentlar ishtirok etdi.

Boʻlim tomonidan jami 114 marotaba huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 42-marta OAV orqali (6 ta televideniya,
6 ta radio, 15 ta gazeta va 16 ta veb-sayt orqali), 71 marotaba ogʻzaki hamda
1 marotaba koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil etilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni

qoʻllash amaliyotini oʻrganish

boʻlimi

 


Рўйҳатга қайтиш