Qarshi shahar adliya bo‘limi: 2022-yil sarhisobi
Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 333 ta murojaatlarning barchasi hal etilib, shundan 185 tasi qanoatlantirilgan, 141 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 64 ta MFYlardan 35 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1 255 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 201 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va
norma ijodkorligi bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 13 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 13 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 11 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 8 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta o‘rganish va 77 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 184 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 4 445 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 637 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 213 ta taqdimnoma, 251 ta ogohnoma va 23 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 150 ta da’vo arizalari kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 138 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.
Natijada 79 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (3 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 401 786 200 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 23 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 150 ta
1 mlrd. 349 mln. 293,3 ming. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 1 426 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 064 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 316 tasi og‘zaki, 46 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 316 tasi manzilli targ‘ibot va 62 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Qarshi shahar adliya bo‘limi