Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
30.12.2022

G‘uzor tuman adliya bo‘limi - 2022-yil sarhisobi

G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 583 ta murojaatlarning 577 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 98,9 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 522 tasi yoki 90,4 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 55 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan.  (84 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor   qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022 yil davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 51 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1357 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 72 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 62 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
16 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
16 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 12 ta taqdimnoma kiritilib, 4 ta qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari  bo‘yicha

Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 11 ta o‘rganish va 69 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 189 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5657 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 1026 ta  tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 257 ta taqdimnoma, 362 ta ogohnoma 62 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma va takliflar, 345 ta da’vo arizalari hamda kiritilgan taqdimnomalarga asosan 1224 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish  va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

                                          Natijada

- 51 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 2 nafar egallab turgan davozimidan ozod qilingan va 1 205 452 900 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 61 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi ma’muriy bayonnoma va takliflar yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 345 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 2 988 399 700 so‘m manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

Bo‘lim tomonidan o‘tgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 61 ta takliflar berilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yil davomida jami 2008 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1456 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 448 tasi og‘zaki, 104 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 448 tasi manzilli targ‘ibot va 80 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

G‘uzor tuman adliya bo‘limi



Рўйҳатга қайтиш