Kasbi tuman adliya bo‘limi - 2022-yil sarhisobi
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 376 ta murojaatlarning 375 tasi hal etilib, shundan 329 tasi qanoatlantirilgan, 47 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan.
Kelib tushgan 376 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2022 йil davomida kelib tushgan murojaatlarning 208 tasi ariza, 169 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 17 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 17 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 20 ta taqdimnoma kiritilganib, 4 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 15 ta o‘rganish va 69 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 186 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 10401 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 265 ta taqdimnoma, 56 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 504 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 76 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 1 362 376,0 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 56 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 128 ta 2 650 524,0 so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1 636 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 944 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 529 tasi og‘zaki, 163 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Kasbi tuman adliya bo‘limi