Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
30.12.2022

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi faoliyatidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 1730 ta murojaatning 1338 tasi hal etilib, shundan 462 tasi yoki 26.6 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 34.5 foiz) qanoatlantirilgan, 876 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 157 ta murojaatning 155 tasi hal etilib, shundan 70 tasi yoki 44.5 foizi qanoatlantirilgan, 85 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 71 ta taqdimnomalar kiritildi. Natijada 16 nafar xodim intizomiy javobgarlikka, 8 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 2 099 663 400 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida 1 680 756 100 so‘mlik 188 ta da’vo arizalari kiritildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 85 ta taqdimnoma va 16 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada 29 ta shaxs intizomiy jazoga tortildi. Shu bilan birga, fuqarolar foydasiga 24 433 848 486 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 130 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 91 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 32 tasini og‘zaki, 7 tasini yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.

 

Inson huquqlarini himoya qilish
bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш