Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2022

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 457 ta murojaatning 431 tasi hal etilib, shundan 326 tasi yoki 75,6 foizi qanoatlantirildi, 103 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 9 oyi davomida tumandagi davlat notarial idoralari notariuslar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlardan 36 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari adliya bo‘limining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 560 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 105 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 12 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 3 ta taqdimnoma kiritildi.
Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 38 ta takliflar berildi.
Adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 8 ta o‘rganish va 64 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 159 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 2697 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 836 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 227 ta taqdimnoma, 26 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 401 ta ogohnoma hamda 127 ta da’vo arizalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 55 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 520 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga 621730500 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.
Bundan tashqari kirtilgan 127 ta da’vo arizalarning, 127 tasi qanoatlantirilgan.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 9 oyi davomida jami 1554 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1003 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 497 tasi og‘zaki, 54 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 374 tasi manzilli targ‘ibot va 77 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш