Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2022

MIRIShKOR TUMAN ADLIYa BO‘LIMI: 2022 YIL III ChORAK SARHISOBI.

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil III chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.


Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning III choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 254 ta murojaatlarning 246 tasi hal etilib, shundan 187 tasi yoki 76 foizi qanoatlantirilgan, 59 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan, 2 ta murojaat hisobot davrida qoldiqda qolgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 12 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
12 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 10 ta taqdimnoma kiritilganib, 5 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 9 ta o‘rganish va 48 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 212 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5597 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 153 ta taqdimnoma, 22 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 401 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 23 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 548 mln. 601 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 18 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga
95 ta 486,1 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1004 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 729 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 186 tasi og‘zaki, 89 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Mirishkor tuman adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш