Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2022

Qamashi tuman adliya bo‘limining 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 286 ta murojaatlarning 281 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 238 tasi qanoatlantirilgan, 43 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 3 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

   Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 14 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 14 ta taqdimnoma kiritildi.

     O‘tkazilgan nazorat tadbirlari aniqlangan qonun buzilish xolatlari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 8 ta o‘rganish va 41 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 259 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 4277 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 250 ta taqdimnoma, 281 ta ogohnoma, 31 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

 Sudlarga kiritilgan arizalar bo‘yicha

 Bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 140 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 317 199 309 so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

 Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 Bo‘lim tomonidan 800 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 8 tasi televideniya orqali, 21 tasi radio orqali, 25 tasi gazeta va jurnallar orqali hamda 746 tasi VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2022 yilning 9 oyii davomida 200 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot va 77 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilib, ularda jami 4359 nafar tiglovchilar ishtirok etgan.

 

Qamashi tuman

adliya bo‘limi

                                                                                             


Рўйҳатга қайтиш