Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 8 756 ta murojaatning 8 003 tasi hal etilib, shundan 5 157 tasi yoki 64,4 foizi qanoatlantirildi, 2 846 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 608 ta murojaatning 559 tasi hal etilib, shundan 234 tasi yoki 41,8 foizi qanoatlantirildi, 325 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 172 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 174 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 130 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 22 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 715 ta takliflar ishlab chiqildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha
Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 216 ta oʻrganish va 1 106 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 3 479 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida
102 712 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 3 759 ta taqdimnoma, 510 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 6 189 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 1 008 nafar shaxs intizomiy (shundan 13 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 449 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 10 169 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 50 ta qaror ijrosi toʻxtatildi, shuningdek,
36 mlrd. 802 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 18 mlrd. 132 mln. soʻmlik 2 069 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 17 mlrd. 808 mln. soʻmlik 1 988 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.
Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2022-yil 1-oktyabr holatiga koʻra jami 570 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 371 tasi davlat roʻyxatiga, 199 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek, 187 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 185 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Advokatura sohasi boʻyicha
Boshqarma tomonidan 2022-yil 1-oktyabr holatida jami 397 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 256 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 3 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 118 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha
Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami 702 411 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 625 201 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali,77 210 tasi internet orqali murojaat qilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 644 894 tasi hal etilgan va 57 517 tasi rad etilgan.
FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 72 410 ta (37 762 ta oʻgʻil, 34 648 ta qiz) tugʻilish, 20 304 ta nikoh, 2 735 ta nikohdan ajralish, 13 318 ta oʻlim, 3 504 ta otalikni belgilash, 183 ta farzandlikka olish, 875 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.
FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 3 mlrd. 018 mln. soʻmlik davlat boji, 1 mlrd. 513 mln. soʻmlik gerb yigʻimi hamda 2 mlrd. 216 mln. soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 21 361 ta, shundan 14 708 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 5 435 tasi ogʻzaki, 1 218 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1 670 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 4 986 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat
adliya boshqarmasi