Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha hamda bo‘lim tomonidan qilingan ishlar yuzasidan
Bo‘limga 2022 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 410 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib veb-sayt va Adliya boshqarmasi orqali kelib tushmagan.
Bo‘lim faoliyati bo‘yicha:
Bo‘limga kelib tushgan 410 ta murojaatdan 402 tasi bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilgan, 8 ta murojaat ish jarayonida, 14 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan.
Kelib tushgan 410 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2022 yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 198 tasi ariza, 212 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Ushbu davrda qabul qilingan shikoyatlar xususiyati bo‘yicha ko‘rib chiqilganda, murojaatlar 185 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 8 tasi yerga doir, 5 tasi ijtimoiy himoyaga doir, 2 tasi uy-joyga doir, 2 tasi kommunak to‘lovga doir, 1 tasi diniy tashkilot faoliyatiga doir va 9 tasi boahqaholatlar yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 410 ta murojaatning 388 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan, 371 ta murojaat qanoatlantirildi.
Murojaatlarning 36 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Bo‘lim tomonidan norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:
Bo‘limi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 12 ta takliflar berilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan 7 ta hujjat loyihalari 6 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan, 1 tasi rad etilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida 208 ta idoralar o‘rganilgan, 45 ta taskilotlatda monitoring o‘tkazilib, o‘rganish natijasida jami 1734 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 173 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib, shundan, 10 tasi o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan kiritilgan taqdimnomalar asosida 1 487 137 900 so‘m mablag‘lar qaytarilgan, 5 ta shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida 281 ta ogohnomalar kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida:
Bo‘lim tomonidan 532 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 11 tasi televideniya orqali, 6 tasi radio orqali, 25 tasi gazeta va jurnallar orqali hamda 490 tasi VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2022 yilning 9 oyii davomida 255 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot va 19 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilib, ularda jami 4510 nafar tiglovchilar ishtirok etgan.
Chiroqchi tuman
adliya bo‘limi