Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha hamda bo‘lim tomonidan qilingan ishlar yuzasidan
Bo‘limga 2022 ilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 274 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib veb-sayt va Adliya boshqarmasi orqali kelib tushmagan.
Bo‘lim faoliyati bo‘yicha:
Bo‘limga kelib tushgan 274 ta murojaatdan 258 tasi bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilgan, 15 ta murojaat ish jarayonida, 1 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan.
Kelib tushgan 274 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2022 ilning 3-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning 162 tasi ariza, 112 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Ushbu davrda qabul qilingan shikoyatlar xususiyati bo‘yicha ko‘rib chiqilganda, murojaatlar 79 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 11 tasi ta’lim sohasida, 9 tasi ijtimoiy himoyaga oid va 13 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 274 ta murojaatning 258 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 193 ta murojaat qanoatlantirildi.
Murojaatlarning 65 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Bo‘lim tomonidan norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:
Bo‘limi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 21 ta takliflar berilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan 8 ta hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 3-choragi davomida 113 ta idoralar o‘rganilib ularni o‘rganish natijasida jami 9 300 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 205 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib shundan, 10 tasi o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha kiritilgan. Bo‘lim tomonidan kiritilgan taqdimnomalar asosida 707 982 800 so‘m mablag‘lar qaytarilgan, 21 ta shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 305 ta ogohnomalar kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 3-choragi davomida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida:
Bo‘lim tomonidan 904 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 8 tasi televideniya orqali, 5 tasi radio orqali, 22 tasi gazeta va jurnallar orqali hamda 869 tasi VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 253 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot va 55 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilib, ularda jami 5 185 nafar tinglovchilar ishtirok etgan.
Shahrisabz shahar
adliya bo‘limi