Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2022

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi Ko’kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha hamda bo‘lim tomonidan qilingan ishlar yuzasidan

Ko’kdala tuman adliya bo‘limiga 2022 ilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 60 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib veb-sayt va Adliya boshqarmasi orqali kelib tushmagan.

         Bo‘lim faoliyati bo‘yicha:

         Bo‘limga kelib tushgan 60 ta murojaatdan 49 tasi bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilgan, 26 ta murojaat qanoatlantirikgan, 23 ta murojaatga xuququy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat ko`rmasdan qoldirilgan, 9 ta murojaat qoldiq bo`lib o`tgan.

         Kelib tushgan 60 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.

         Bo‘limga 2022 ilning 3-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning    34 tasi ariza. 26 ta shikoyat tarzida qabul qilindi.

         Hisobot davrida kelib tushgan 60 ta murojaatning 49 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 26 ta murojaat qanoatlantirildi.

         Murojaatlarning 23 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

         Bo‘lim tomonidan norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:

Bo‘limi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 3 ta  takliflar berilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan 4 ta hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:

Bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 10 ta idoralar o‘rganilib ularni o‘rganish natijasida jami 901 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 58 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib shundan, 55 tasi ijrosi ta`minlangan.

Bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 68 ta ogohnomalar kiritilgan.

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 3-choragi davomida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida:

Bo‘lim tomonidan 33 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1 tasi televideniya orqali, 2 tasi gazeta va jurnallar orqali hamda 30 tasi VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2022 ilning 3-choragi davomida 15 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot va 4 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilib, ularda jami 220 nafar tiglovchilar ishtirok etgan.

Ko’kdala tuman
adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш