Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
21.07.2022

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 350 ta murojaatning 330 tasi hal etilib, shundan 255 tasi yoki 77 foizi qanoatlantirildi, 75 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 6 oyi davomida tumandagi davlat notarial idoralari notariuslar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlardan 28 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari adliya boʻlimining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 420 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 65 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 8 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yilning 1-yarim yilligi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida oʻrganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2 ta taqdimnoma kiritildi.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 32 ta takliflar berildi.

Adliya boʻlimi tomonidan hisobot davrida jami 5 ta oʻrganish va 43 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 90 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 1836 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 449 ta tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.

Xususan, 155 ta taqdimnoma, 22 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 359 ta ogohnoma hamda 75 ta daʼvo arizalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 24 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 509 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga 611 897 562 soʻmlik mablagʻ undirib berilgan.

Bundan tashqari kirtilgan 75 ta daʼvo arizalarning, 57 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 18 ta daʼvo arizasi sudning ish yurituvida boʻlib turibdi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 1-yarmi davomida jami 1499 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 968 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 484 tasi ogʻzaki, 47 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 367 tasi manzilli targʻibot va 75 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi 


Рўйҳатга қайтиш