Chiroqchi tuman adliya bo‘limining 2022-yilning birichi yarim yilligi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan MA’LUMOTNOMA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning birinchi yarim yiligi davomida muayyan ishlaramalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022-yilning birichi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 317 tamurojaatlarning 263 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 231 ta qanoatlantirilgan, 31 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 13 tamurojaatlar taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 1 tamurojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 41 tamurojaatlar qoldiqda qolgan (murojaatlarni hal etishda 39 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).
O‘tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2022-yilning birichi yarim yilligi davomida hamkortashkilotlar ishtirokida tumandagi 24 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida kengyoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 518 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 58 ta murojaatlar ishyurituviga qabul qilinib, 43 tasi qanoatlantirilgan, 7 tasi taalluqligi bo‘yicha yuborilgan va 8 tasiga huquqiy tishuntirish berilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning birichi yarim yilligi davomida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 5 ta taqdimnoma kiritildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022-yilning birichi yarim yilligi davomida jami 5 ta o‘rganish va 35 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 174 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1587 taqonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 141 ta taqdimnoma, 281 ta ogohnoma, 20 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.
Natijada:
- 1 273 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 530 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan hujjatlar bekor qilingan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sudorganlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 17 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2022-yilning birichi yarim yilligi davomida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan jami 71 ta 203 946,1 ming so‘mlik arizalar kiritilib, 38 ta 169 139,7 ming so‘mlik arizalar qanoatlantirilgan (33 ta arizalar qoldiqda qolgan).
Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflar
Bo‘lim tomonidan2022-yilning birichi yarim yilligi davomida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan jami 9 ta takliflar berilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning birichi yarim yilligi davomida jami 652 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 411 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 225 tasi og‘zaki, 16 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot.
Chiroqchi tuman adliya bo‘limi