Nishon tuman adliya bo‘limining 2022 yilning 1-yarim yili davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan MA’LUMOTNOMA
Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, adliya bo‘limi tomonidan qaror loyihalari bo‘yicha tegishli xulosalar berilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 9 ta taqdimnoma kiritilib, 10 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlar bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.
Huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tuman hokimi tomonidan qabul qilingan qarorlar urganilib, O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanishi sababli amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan Nishon tuman hokimining 22.01.2022-yildagi 36-4-65-Q/22-sonli qarori, tuman hokimining 22.01.2022-yildagi 37-4-65-Q-22-sonli qarori, tuman hokimining 2022-yil 25-mart kunidagi 251-4-65-Q/22-sonli qarori, tuman hokimining 2022-yil 19-yanvardagi 28-4-65-Q/22-sonli qarori, 2022-yil 30-maydagi 503-4-65-Q/22-sonli, 504-4-65-Q/22-sonli, 505-4-65-Q/22-sonli, 506-4-65-Q/22-sonli, 507-4-65-Q/22-sonli va 508-4-65-Q/22-sonli qarorlari bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.
Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-yarim yil davomida 176 ta tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti va inson huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘rganish, tahlil va monitoringlar o‘tkazilib, 4 745 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati bo‘yicha jami 76 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 8 nafar ma’sul-mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan 10 ta qaror, farmoyish va 59 ta boshqa hujjatlar bekor qilingan, 629 561 400 so‘mlik pul mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga undirib berilgan, ma’muriy bayonnomalar va ma’muriy takliflar rasmiylashtirilib, natijasiga ko‘ra 10 nafar ma’sul-mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan 231 ta mansabdor shaxslar qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish yuzasidan 116 nafar fuqarolarning huquqlarini tiklash yuzasidan sudlarga da’vo ariza va arizalar kiritilib,
603 590 300 so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirib berilgan.
Shu kabi, bo‘lim tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasidagi 263 nafar fuqaroning murojaatlardan 260 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilib,
221 tasi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan bo‘lsa, 48 tasiga qonun doirasida huquqiy tushuntirishlar berilgan, 3 ta murojaat bo‘lim ish yurituvida.
Bo‘lim tomonidan 2022-yil 1-yarim yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 36 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilgan.
Bo‘lim tomonidan o‘tgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 11 ta takliflar berilgan.
Bo‘lim tomonidan, yangi qabul qilingan 588 ta qonun hujjatlari davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan.
Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan bir qator huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Xususan, bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nishon tumanidagi Xalq qabulxonasi va boshqa bir qator huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatlari yuzasidan 1 341 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Nishon tuman adliya bo‘limi