Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
15.07.2022

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limining 2022 yilning 1-yarim yili davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan MA’LUMOTNOMA

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limining 2022 yilning 1-yarim yili davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

MA’LUMOTNOMA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Yakkabog‘tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1 yarim yilligi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning o‘tgan davri davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 337 ta murojaatlarning 329 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 258 ta yoki 76 foizi qanoatlantirilgan, 76 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat taalluqligi bo‘yicha yuborilgan. (murojaatlarni hal etishda 78 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan sayyor qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1 yarim yilida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 30 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 650 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 85 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 55 tasi qanoatlantirilgan va 1 tasi taalluqligi bo‘yicha yuborilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-yarim yimlida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning barchasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-yarim yili davomida jami 5 ta o‘rganish va 39 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 142 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5767 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 145 ta taqdimnoma, 500 ta ogohnoma, 13 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

Natijada:

- 999,8 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 586 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror bekor qilindi.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 12 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan jami 59 ta arizalar kiritilib, ulardan 57 tasi qanoatlantirilgan va 153,4 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflar

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-yarim yili davomida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan jami 20 ta takliflar berildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida jami 1151 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 867 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 234 tasi og‘zaki, 50 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlardan iborat.

 

 

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш