QARSHI TUMAN ADLIYA: 2022-YIL 2-CHORAK SARHISOBI
Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 2-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 269 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 268 tasi hal etilib, shundan 242 tasi yoki 90,0 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 90,2 foiz) qanoatlantirilgan, 26 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda 2 ta murojaatlar qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yilning 2-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 58 ta MFYlardan 24 ta qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 742 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 99 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 6 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yilning 2-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 2 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 2-choragi davomida jami 5 ta o‘rganish va 44 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 391 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 9 347 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 748 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 236 ta taqdimnoma, 390 ta ogohnoma va 40 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 82 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 236 ta taqdimnoma, 40 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 390 ta ogohnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 2 388 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.
Natijada 47 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (1 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 1 mlrd. 307 mln. 285,4 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 40 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 82 ta
336,6 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 2-choragi davomida jami 1 261 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 885 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 251 tasi og‘zaki, 125 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 251 tasi manzilli targ‘ibot va 94 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.