Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08.07.2022

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 263 ta murojaatning 262 tasi hal etilib, shundan 241 tasi yoki 91.6 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 89 taga oshgan.

Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha sudlarga jami 2 mlrd 045 mln 093 ming so‘mlik 105 ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan barcha da’vo ariza va arizalar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 23 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1200 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 164 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 11 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha jami 2140 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 62 ta taqdimnoma kiritildi va 858 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha 

Bo‘lim tomonidan joriy yilning 6 oyida jami 111 tashkilotlarda 6 ta o‘rganish va 46 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 7024 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyida jami 794 ta ta’sir choralari ko‘llanilgan bo‘lib, shundan, 437 ta ogohnoma, 40 ta ma’muriy, 105 ta da’vo ariza, 212 ta taqdimnoma kiritilgan. Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 73 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 2 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 3 oyida jami 451 mln. 034 ming  so‘mlik ish haqi va ustama mablag‘lari kiritilgan taqdimnomalarga asosan to‘lab berilishi ta’minlangan.

Masalan, Kasbi tuman adliya bo‘limining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2021 yildagi PQ-31-sonli qaroriga asosan Kasbi tumanidagi 42 ta MFYlarning shtatlari qisqartirilgan xodimlariga MKning 109-modasiga asosan 51 194 160 so‘m, MKning 151-moddasiga asosan 347 051 233 so‘m, jami 398 245 393 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan, tadbirkorga huquqiy va aamaliy yordam ko’rsatish hamda ularning muammolarini o’rganish bo’yicha bo’yicha “Adliya tadbirkorga do’st” huquqiy aksiyasi doirasida Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan tumandagi 30 nafar fermer xo’jaliklarining “Asqar Trans Gold” MCHJ g’allachilik klasteri o’rtasida “G’allachilik klasteri bilan fermer xo’jaligi o’rtasida boshoqli don harid qilish bo’yicha” fyuchers shartnomasiga asosan yetkazib berilgan g’alla maxsuloti uchun klasterdan pullarini ololmayotganliklari yuzasidan 30 ta murojaatlari qabul qilingan.

Ushbu murojaatlar o’rganib chiqilib, Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan tumandagi 30 nafar fermer xo’jaliklarining jami 1.719.178.000 so’mlik pullarini undirib berish yuzasidan Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudiga 30 ta da’vo arizalari kiritilgan bo’lib, shularning barchasi qanoatlantirilishiga erishilgan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 40 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida jami 1343 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 805 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 391 tasi og‘zaki, 147 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 391 tasi manzilli targ‘ibot va 194 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha

        Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 42 ta takliflar berildi.

 

Kasbi tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш