Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08.07.2022

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi faoliyatidan...

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan aholini xabardor qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 1-yarim yilligi davomida bo‘lim tomonidan 490 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Ulardan 46 marotaba og‘zaki, 444 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.

Bo‘lim tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali tarzda foydalanilmoqda.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yoritilishi ta’minlandi.

Xususan, bulim tomonidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali:

 – viktorina shaklida savol-javoblar(har kuni 10 tadan ortiq savol);

 – so‘rovnomalar savol-javoblar (har chorakda 1 marotaba);

 – postlar, videoroliklar, qisqa kontentlar, inforgafika va boshqalar orqali yoritilishi ta’minlandi.

Viloyat teleradiokompaniyasi va Qarshi shahar “Nasaf tv” bilan hamkorlikda “Savol bering, javob beramiz” rukni tashkil etilib, har haftada boshqarmada savol-javoblar tayyorlanib televideniye orqali yoritilmoqda.

Viloyat “Oltin voha” radioasida “Inson va qonun”, “Qonun va ijro” va boshqalar orqali haftada ikki marotaba eshittirishlar tayyorlanib, efirga o‘zatilmoqda.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimining 2022-yil 7-maydagi “Aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida Shahrisabz shahrida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” dasturi doirasida “Adliya sayili”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 20-4-0-F/22-son Farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur farmoyishga asosan joriy yilning 13-may kuni Shahrisabz shahrining Amir Temur hiyobonida aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayllari” shiori ostida tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda 4000 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida malakali notariuslar, advokatlar, “Madad” NNT tashkiloti, davlat xizmatlari markazi, bandlik bosh boshqarmasi, soliq, banklar, FHDYo, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida aholiga muammoli, o‘z yechimini topmayotgan masalalar yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar tomonidan jami 1000 dan ortiq fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Aholiga moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar olish, kredit olish, elektr energiyasi ta’minotidagi uzulishlar, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar, aliment undirish, nogironlarga berilgan imtiyozlar, nogironlikni belgilash va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ushbu yo‘nalishdagi masalalar bo‘yicha tayyorlangan flayer, buklet hamda infografikalar tarqatildi.

Tadbirda “Sog‘lom hayot uchun 5000 ming qadam” shiori ostida tashkilot va muassasalar xodimlari, shuningdek ko‘ngilli yoshlar ishtirokida marafon o‘tkaziladi.

Unda, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, aholining va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Temurbeklar maktabi, yoshlar ittifoqi va Yuridik texnikumi talabalari va yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual uyini, test, viktorinalar hamda savol-javoblar tashkil etilib, g‘oliblar va faol ishtirok etgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bundan tashqari, shaxmat-shashka, ko‘rash, karate va boshqa sport musabaqalari, musiqiy chiqishlar, saxna ko‘rinishlar tashkil etildi.

Tadbir tafsilotlari markazi va mahalliy telekanallari, boshqarmaning qashqadaryo.adliya.uz kanali va saytida, facebook sahifasida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

Shuningdek, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Referendum o‘tkazish tartibi va huquqiy asoslari” mavzusida davlat organlari va tashkilotlarida bir qancha huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, joriy yilning iyun oyida bo‘lim xodimlari tomonidan, 10 dan ortiq joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib OAV va boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritildi.

Jumladan, joriy yilninng 16-iyun kuni pedagog xodimlar Malaka oshirish markazida konstitutsiyaga qo‘shimchalar kiritish va referendum o‘tkazish tartibi to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va ushbu tadbir “Nasaf TV” televideniyesi orqali yoritildi.  

Joriy yilninng 20-iyun kuni Qarshi shahridagi 521-sonli safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida, 22-iyun kuni Qarshi shahrida joylashgan 7256-son harbiy qisimda, 23-iyun kuni Qarshi shahrida joylashgan 9205-son harbiy qismda, ATB “Qishloq qurilish bank” xodimlari o‘rtasida, viloyat ichki ishlar boshqarmasida “Taqdiringizga befarq bo‘lmang”, “Konstitutsiyaviy islohotlar” mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Joriy yilning 29-iyun kuni ATB “Qishloq qurilish bank” xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash va konstitutsiyaviy islohotlar mavzusilarida hamda “Xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari va umumta’lim maktablarining xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali “Konstitutsiyaviy islohotlar davom etmoqda” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O’tkazilgan targ‘ibot tadbirlari televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi ta’minlandi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan mehnat qonunchiligiga oid aholi va davlat tashkilotlari va idoralari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Davlat tashkilotlari va idoralarida o‘tkazilgan so‘rovnomada 1016 nafar fuqarolarning ishtiroki ta’minlanib, natijasi qoniqarsiz yoki mehnat munosabatlari buzilayotgan holatlar haqida ma’lumotlar aniqlangan hamda tegishli tartibda ogohnomalar kiritilishi ta’minlandi.

Bo‘lim tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining
2022 yil 16 maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.

Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) kesimida joriy yilning 30 may kuni shtatlar tuzildi.

“Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

Dastur ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha 1 195 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlandi.

 

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш