Yangiliklar
Joriy yil 19 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda Shahrisabz shahar adliya bo‘limi faoliyati misolida reportaj tayyorlandi.
Joriy yil 19 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda Qamashi tumanida tashkil etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazining ish faoliyati yuzasidan reportaj tayyorlandi.
Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021 y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun maʼqullandi.
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–729-son, 18.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Hukumat qarori (689-son, 17.11.2021 y.) bilan Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xodim ishlash imkoniyatidan noqonuniy mahrum etilganda ololmay qolgan barcha ish haqini ish beruvchi unga to‘lashi shart.
Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-14-son, 17.11.2021 y.) qabul qilindi.