Yangiliklar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘. Ostonov, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Isoqovlar Koson tumaniga tashrif buyurib, qizil toifaga kiritilgan tumanning "Po'lati" shaharchasi "Istiqlol" hamda "Beshqo'ton" mahallasi aholisi bilan uchrashib, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishdi.
Joriy yilning 14 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘. Ostonov, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Isoqovlar Kasbi tumaniga tashrif buyurib, qizil toifaga kiritilgan tumanning "Qamashi" va "Mushqoqi" mahalla aholisi bilan uchrashib, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
“Oyning eng yaxshi xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2023-yil avgust oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:
Qarshi tuman adliya bo‘limi (DXM, YuXKM) va IIB xodimlari hamkorligida Adliya vazirligining Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan shiori ostidagi huquqiy aksiyasi doirasida tumandagi Charog‘il mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi hamda Qarshi shahridagi hususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusi hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 3-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimlariga yangi qabul qilingan Konstitusiya mazmun-mohiyati bo'yicha tar'ibot tadbiri o`tkazildi.
Joriy yilning 12 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv-seminarda viloyat, tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari, davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Shahrisabz Muruvvat ayollar internat uyida salkam 30 yildan buyon yashab kelayotgan 10 nafar ayolning na tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va na shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan. Ayollarning shu kunga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan bo‘lsa-da ijobiy natija bo‘lmagan.
Қашқадарё вилояти Касби тумани адлия бўлими томонидан туман тиббиёт бирлашмаси тизимида фаолият юритаётган 20 нафар IT оператор – ҳамшира туман тиббиёт бирлашмасидан норози бўлиб, туман адлия бўлимига мурожаат қилишган.
Joriy yilning 08 sentabr kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi va YXKM tomonidan ZOOM platformasida davra suhbati tashkil etildi. O'tkazilgan uchrashuvda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollarii, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Yakkabog‘ tuman Jambul MFY da yashovchi M.Normurodova “Mikrokredit” ATB da 25 davomida hisobchi bo'lib ishlab kelgan. 2023 yil 1-iyunda mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, javobgar tomonidan 2023 yilning 4 iyul kuniga qadar M.Normurodovaga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmagan. Shu sabali fuqaro norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.