Yangiliklar
Adliya vaziri o'rinbosari Qashqadaryodagi xizmat safari chog'ida Qarshi shahridagi "Qavali" erkin iqtisodiy zonasidagi 15 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolari va takliflarini o'rgandi.
#adliya_xabari
ADLIYA VAZIRI O'RINBOSARI QASHQADARYODA
Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev Qarshi shahridagi "Monomarkaz"ning yoshlar bandligini ta'minlash va kasb - hunarga o'qitish bo'yicha faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Monomarkazda taxsil olayotgan 24 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini o'rganib, takliflarini tingladi.
Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatidagi adliya organlari tomonidan 36 757 nafar 7 toifadagi yoshlar otaliqqa olingan. Ayni paytda ularning muammolari atroflicha o‘rganilib, ular bilan aniq mezonlar asosida manzilli ishlar tashkillanmoqda.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri tashkil etildi.
Trasologiya — kriminalistikaning alohida bo‘limi bo‘lib, uning vujudga kelishi ko‘chmanchi xalqlar, ovchilar, izquvarlar tomonidan izlarni o‘qish san'atiga borib taqaladi.
Tergov va sud amaliyotida ilk bora qo‘llangan izlar oyoq
va qon izlari bo‘lganligini e'tirof etish uchun barcha asoslar mavjud. Shu bilan birga, qadim zamonlardan boshlab, qo‘l barmoqlarining izlari hamda tish izlariga dalil sifatida katta ahamiyat berilgan. Bularning hammasi keyinchalik jinoyatlarni ochishda izlardan foydalanish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Izlarni topish, rasmiylashtirish va olib qo‘yish usullari ishlab chiqildi. Trasologiyaning nazariyasiga asos solindi, ya'ni izlar, iz hosil bo‘lishi, iz belgilari to‘g‘risidagi ta'limotlar bora-bora rivojlana boshlanganligi bois, trasologik ekspertizalarni tasniflash amalga oshirila boshladi. Trasologiyaning rivojlanishiga Rossiyalik kriminalist olimlar katta hissa qo‘shganlar. Biroq trasologiyaning vujudga kelish vaqtidan boshlab o‘tgan jarayon mobaynida uning nazariy asoslari yetarlicha rivojlantirilmadi.
Binobarin, trasologiyaning bu kabi amaliy yo‘nalishi undagi kuchli taraflardan biri bo‘lishiga qaramay, muayyan bosqichdagi nazariy asoslari unchalik o‘rganilmadi. Izlarni olishning samarali vositalari ishlab chiqildi. Biroq ularning shakllanish qonuniyat¬lari hammaga ham ma'lum emas edi, ekspertlar identifikatsiyalovchi (aynanlashtiriluvchi) belgilarni o‘rganish maqsadida ularni soddalashtirishni uddasidan chiqsalar-da, biroq hanuz iz belgilarini aynanlashtirishning aniq tizimini topmagan edilar. Xususan, amaliyotda iz belgilariga baho berishning induktiv usullari tez rivojlana boshlashi va samarali ravishda o‘zgarib borishiga qaramay, belgilarning buzilish qonuniyatlari, ularga baho berishning miqdoriy va ob'ektiv usullari to‘g‘risida hyech nima ma'lum emas edi.
Trasologiyada yuzaga kelgan bu kabi holat uning boshlang‘ich bosqichi uchun xosdir. Kriminalistikaning mustaqil bo‘limi sifatida trasologiya o‘tgan asrning 30–40 yillarida ilk bor shakllana boshladi. Trasologiyaga taalluqli dastlabki manbalardan biri I.S. Semenovskiyning «Daktiloskopiya izlarni hisobga olish sifatida» (1923 y.) deb nomlangan risolasi hisoblanadi. Kriminalistikaga doir ilk darsliklarda (1935 y., 1938 y.) trasologiyaning ba'zi umumiy masalalari ko‘tarilgan edi. I.N. Yakimov 1938 yilda nashr ettirgan darsligida ilk bor bu bo‘limga ta'rif berib, uni «trasologiya» deb atashni tavsiya qildi. Shu vaqtdan boshlab «trasologiya» atamasi keyingi yillarda chop ettirilgan barcha darsliklarda qo‘llanila boshladi.
1947 yilda B.I. Shevchenkoning asari nashr ettirilib, trasologiya kriminalistikaning mustaqil bo‘limi sifatida uzil-kesil e'tirof etildi. Trasologiyaning kriminalistik bilimlarning mustaqil sohasi sifatida tan olinishi nafaqat unga nazariy nuqtai nazardan nihoyasiga yetganligini bildirardi, aksincha, trasologiyaning ko‘pgina muammolari (izlarni talqin etish, trasologik ekspertiza chegaralari
va hajmini belgilash, izlarni tasniflash va hokazo) bo‘yicha bahs-munozaralarning boshlanayotganligini anglatar edi.
Kitob tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari Palandara MFYda yashovchi fuqarolar uchun targ‘ibot tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil qilindi.
"'Ozimiz keldik" shiori ostidagi tadbirlar fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo'lish , muammolarni hal qilish ,qulayliklar yaratish, qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar qilish hamda tezkor, qulay, shaffof davlat xizmatlarini ko'rsatishni qamrab oladi.
Joriy yilning 27 - avgust kuni " Xotin - qizlarga huquqiy ko'mak " huquqiy aksiyasi doirasida Qarshi tuman adliya bo'limi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda "tuman adliya bo'limiga biriktirilgan yoshlar hamda ayollar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Shahrisabz shahridagi Amir Temur hiyobonida "Adliya sayli" o‘tkazildi.
Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.