Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

12
Uyda tugʻilgan bolaning tugʻilganlik fakti qanday rasmiylashtiriladi?

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 20-bandiga asosan (Hukumatning 387-son qarori)  tugʻuruqxonalardan tashqari joylarda  va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilganligini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida
amalga oshiriladi.

Bunday holatlarda bolaning ushbu  onadan tugʻilganligiga guvoh boʻlganlar  ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy maʼlumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.

11
Tog'ayevlar oilasining 4 nafar a'zosiga tug'ilganlik guvohnomasi berildi. 

Mahallalarda o'tkazilgan o'rganishlar jarayonida Nishon  tumani "Shirinobod" mahallasida 4 nafar bola  tug‘ilganlik guvohnomasi olmasdan yashab kelayotgani aniqlangan.

Surishtiruv va tahlillar natijasida ma'lum bo‘lishicha, bolalarning guvohnomasiz qolib ketishida tug‘ilish jarayoni tug‘ruqxonada emas, balki xonadonlarda bo‘lgani, bundan tashqari, onasining hujjati yo'qligi sabab bo‘lgan.

10
Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi (http://old.lex.uz/docs/-4823571).

 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi;

08
Sayyor xizmat

  Inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyatidagi barcha DXM lar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida sayyor qabul tadbirlari o'tkazilmoqda. Shuningdek, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolari o'rganilib, ko’p yillardan buyon yechimini kutayotgan muammo va masalalar qonuniy hal etilmoqda.

07
Konstitutsiyani oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 33-moddasi: (https://lex.uz/docs/6445145#6445542) “Har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Davlat Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

06
“Yuridik kasb rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida yuridik muhokamalar seriyasi tashkil etiladi

✅ Huquqiy suhbatlar doirasida tashkil etiladigan mazkur muhokamada milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi, jumladan:

▫️Akbar Toshqulov – Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri;
▫️Kerolin Lemm – White & Case (Washington, DC) hamkori;
▫️Kristof Bernaskoni – Xalqaro xususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi Bosh kotibi;
▫️Urfan Xaliq – Kardiff universiteti birinchi prorektori;

05
OTMlarga o'qishga kirishda kimlar imtiyozga ega?

Quyidagi abiturientlar oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishda imtiyozga ega:

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari (https://lex.uz/docs/-3792247);

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g'oliblari bo'lgan bitiruvchilar (https://lex.uz/docs/-1399382#-1399863);

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari (https://lex.uz/docs/-213812);

04
Konstitutsiyani oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 30-moddasi: (https://lex.uz/docs/6445145#6445526) “Hech kim rasmiy e'lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas”.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunga ko'ra normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Qonun ham normativ-huquqiy hujjat turlaridan biri hisoblanadi.

03
QASHQADARYONING KO'KDALA TUMANIDA ZAMONAVIY ADLIYA BINOSI ISHGA TUSHDI.

Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Ko’kdalaliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endlikda ushbu markaz orqali fuqarolar 250 dan ortiq  davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

30
Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyati oʻrganilmoqda

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganishmoqda.  

Ayni vaqtda vazirlik ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, hududiy arxiv bo'limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o'rganilmoqda.