Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

22
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtiriladi

Hukumat qarori bilan Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

22
O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasidan:

Saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «+» yoki «✔️» yoxud «X» belgisini qo‘yadi.

21
Ayrim mahsulotlarga import boji qo‘llanilmaydi

"Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

21
Нархномалар давлат тилида эълон қилинади.

Сотувчи-ходим товарнинг номи, унинг сорти, маркаси, модели, типи, товарнинг оғирлиги, ўлчами ёки бирлигига нархи кўрсатилган ҳолда сотиладиган товарларнинг ягона намунадаги ва аниқ расмийлаштирилган нархномалари бўлишини таъминлашга мажбурдир.

21
Ayrim tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi

“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

21
O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 32-moddasi (Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish)dan:

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini okrug va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.

20
Qonunchilikka ko‘ra quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

- murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

- murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

- murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

- murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

- jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik.
Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 270 ming so‘mdan 810 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

20
Ijtimoiy soliq summasi qaytariladi

2023 yil 1 yanvargacha ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.

20
Интеллектуал мулк соҳасига оид тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда

Вилоят адлия бошқармаси томонидан тасдиқланган режа жадвалга асосан Ғузор туман адлия бўлими, Қашқадарё вилоят интелектуал мулк химояси маркази, юридик хизмат кўрсатиш маркази ҳамда Бош вазир қабулхонаси Ғузор туман бўлими иштирокида тумандаги тадбиркорларга Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2021 йил 28 январдаги “Интеллектуал мулк обеъктларини муҳофаза қилиш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 4965-сон қарорининг мазмун-моҳияти юзасидан “Брендингиз давлат ҳимоясида” мавзусида тарғибот тадбири ўтказилди.