Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
Yuridik xizmat ko'rsatish markaz faoliyatidan

   Kitob tuman YXKM tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining  tuman bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi belgilangan shu munosabat bilan  Kitob tumani aholi bandligiga ko`maklashish markazi xodimlariga "E-huqushunos" tizimi bo`yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

03
“E-HUQUQSHUNOS” dasturida ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalari oshirilmoqda

  Mirishkor tuman adliya bo`limi hamda yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tuman Xalq ta'limi bo`limiga qarashli 43 ta maktablarning mas'ul xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi tizimga yangi ulangan tashkilotlar mas'ul xodimlarining “e-huquqshunos” tizimida ishlash ko`nikmalarini oshirish yuzasidan amaliy seminar tashkil qilindi.

03
Layloning muammosi sayyor qabulda yechim topdi!

Qarshi tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi mahallarda yashovchi  fuqarolarning huquq va manfaatlarini ximoya qilish, ijtimoiy yordam koʼrsatish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Qarshi tuman "Tallikuron" mahallasida bo'lib o'tgan sayyor qabulda fuqaro D.Murtazoyeva bolalikdan nogiron farzandi uchun "nogironlik aravachasi"ni olishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgandi.

Tumanda yashovchi fuqarolarning muammolarini oʼrganish maqsadida “Mahallabay” , “Fuqarobay” chora-tadbirlari amalga oshirib kelayotgan Qarshi tuman adliya bo'limi murojaatni ijobiy hal etishdi.

Bolalikdan nogiron bo'lgan Laylo G'aybullayevaga nogironlik aravachasi olib berildi.

03
“ADLIYA AYOLI” respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi g'olibi aniqlandi.

Avval xabar berganimizdek "Adliya ayoli" ko'rik tanlovning viloyat bosqichida  5 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g'oliblik uchun o'zaro bahslashishdi.  
Ishtirokchilar birinchi shartda huquqiy mavzudagi test sinovidan o'tgan bo'lsa, ikkinchi shartda ish faoliyatida duch keladigan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi taklif  va malakalarini, uchinchi shartda esa bekalik, pazandalik mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.  
Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, Qarshi shahar yuridik markazi bosh yuriskonsulti Turdiyeva Muxayyo Keldiyor qizi g'olib deb topilib, tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini ko'lga kiritdi.
Tanlovning g'olib va sovrindorlari viloyat adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

03
Targ'ibot tadbirlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”dagi 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qarori

01
2022 yil 1 avgustdan

Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi. ➖ BATAFSIL

Nogironligi bo'lgan yoshlarga 15 mln so'mgacha miqdorda subsidiya ajratish uchun ariza qabul qilish boshlanadi. ➖ BATAFSIL

 Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi. ➖ BATAFSIL

 Oilaviy shifokor punktlarining ish samaradorligini baholash bo'yicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi. ➖ BATAFSIL

 Intellektual mulk obyektlariga oid ayrim tekshiruvlar "Sanoat mulki muhofazasi portali” orqali amalga oshiriladi. ➖ BATAFSIL

 Maktablar va bog'chalarga ham Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi. ➖ BATAFSIL

 Mahalliy innovatsion tovarlarni sotish bo'yicha davlat organlari bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi. ➖ BATAFSIL

01
MFY xodimiga maxsus ustama to'lab berildi.

Fuqaro M.Aminova 2020 yil aprel oyidan .2022 yil may oyiga qadar Mirishkor tumanidagi “O’zbekiston” MFYda rais o’rinbosari vazifasida ishlab kelgan. MFY xodimi M.Aminova Mirishkor tuman hokimligi tomonidan har oylik lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lab berilmayotligi sababli tuman adliya bo’limiga ariza bilan murojaat qiladi.

01
"MAKRID" MFY da 16 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatildi.

   Kitob tuman adliya bo‘limi, DXM hamda yuridik xizmat markazi xodimlari tomonidan tumandagi "Makrid‘" MFYda sayyor qabul o‘tkazilib, qabulda  "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi, Referendum o‘tkazishning huquqiy asoslari, Konstitutsiyasiga kiritilyotgan o‘zgartirishlar haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek qabul davomida 19 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 16 nafar fuqarolarga DXM tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari bo'lim ish yurituviga olindi.

01
O'quv_smenar


Joriy yilning 28-iyul kuni Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasinng intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining mutasaddi xodimlari ishtirokidao'quv- smenar tashkil etildi.

Seminar davomida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, uning mazmun-mohiyati, shuningdek intellektual mulk ob’ektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazishga doir adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi partali” (Intellektual mulk elektron davlat xizmatlar portali) dan foydalanish tartibi, uning afzalliklari va qulayliklari yuzasidan ko'nikmalar berildi.

01
Siz qayerda bo'lsangiz o'sha yerga borib xizmat qilamiz

Muborak tuman Adliya bo'limi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari "Obodturmush" mahallasida  navbatdagi sayyor xizmat tadbiri oʻtkazishdi. Tadbir davomida faoliyat koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlik subʼektlarini  huquqiy madaniyati oshirish, tuman Adliya va davlat xizmatlari markazlarida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Sayyor xizmat davomida Kadastr pasportiga 1 ta, Obʼektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga 2 ta, shuningdek, 8 nafar  tadbirkorlarga elektron raqamli imzo kalitlari olindi.