Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

18
Bilasizmi

Oʻzbekistonda notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilish mumkin.

(https://lex.uz/docs/4138215#4140546) Bunda, notarius tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali hujjatlarni tekshiradi va shu asosda notarial harakatlarni amalga oshiradi.

18
Mehnat tashkiloti mehnat huquqlarini buzdi

  Fuqaro S.Xolova 2019 yil 26 apreldan 2022 yil 13 iyunga qadar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining kasbga qayta tayyorlash va uni tashkil qilish sho‘basi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi, Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining 2022 yil 13 iyundagi №33-K-sonli buyrug‘i bilan uni markazning 4-sektoriga ishga joylashtirish mehnat inspektori lavozimiga doimiy ishga g‘ayriqonuniy tarzda o‘tkazib, asos sifatida markaz kasaba uyushmasining 2022 yil 13 iyundagi yig‘ilish bayoni ko‘rsatganligini, bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan S.Xolovani boshqa lavozimga o‘tkazishda roziligi olinmaganligidan norozi bo'lib,viloyat adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi, zero O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 92-moddasida xodimni boshqa doimiy ishga o‘tkazishga - boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

      Dastlabki sud majlisida so‘ralgan javobgar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi vakili A.Xusanov o‘zining tushuntirishida da’voni tan olmasdan, S.Xolova o‘ziga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli tayyorlab bermaganligi sababli 2022 yil 13 iyundagi markaz kasaba uyushmasi yig‘ilish bayoniga ko‘ra uni boshqa lavozimga o‘tkazish haqida buyruq chiqarilganligini, ushbu buyruq nusxasi S.Xolovaga pochta orqali yuborilmaganligini, o‘zlarining telegramm gruppasiga tashlanganligini bayon qildi.  

17
TAYINLOV

CHIROQCHI TUMAN ADLIYA BO‘LIMI YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZIGA RAHBAR TAYINLANDI

17
TAYINLOV

KO‘KDALA TUMAN ADLIYA BO‘LIMI YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZIGA RAHBAR TAYINLANDI

17
Adliya xabari

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “AVTORITET”  xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Qarshi shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan xizmat ko`rsatish binosi peshtoqida “AVTORITET” so‘zidan  (2018-yil 11-yanvarda, 2019-yil 11-aprelda va 2022-yil 13-yanvarda "TEXNIK DIZEL SERVIS" MChJga “AVTORITET / АВТОРИТЕТ” so‘z ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun  MGU 33076, MGU 35647, MGU 43725-sonli guvohnomalar berilgan va huquqiy muhofazaga ega) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “AVTORITET” soʻzi bino peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.

17
Ta’lim muassasalarida tadbir

Kasbi tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan hamkorlikda tumandagi 2 va 27-sonli umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ota-onalar, o‘qituvchilar ishtirok etib, ularga maktablariga bolalarni qabul qilish, bir maktabning o‘zida bolani bir sinfdan boshqasiga o‘tkazish yoki bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish tartiblari hamda umumta’lim maktablari faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

17
OAV biz haqimizda

"Yurt tarovati " gazetasining 17-oktyabr sonida adliya boshqarmasi va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarini maqolalari chop etildi⚡️⚡️⚡️

14
Adliya hudud

Kitob tuman Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig'ini, xotin-qizlar faollari bilan birgalikda 15-oktabr-“Xalqaro  qishloq ayollari kuni”ga bag'ishlab qishloq ayollariga huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida sayyor qabul tashkillashtirildi.

14
Ayollarga hiquqiy ko'mak

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan, 15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Qarshi shahar Adliya bo'limi,Qarshi shahar yuridik texnikumi,  shahar hokimligi, "Shayxali" MFY Raisi, xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda shaharning "Shayxali" MFY hududida  "15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni" tadbiri tashkil etildi.

14
Subsidiya olish bo'yicha yangi xizmat ishga tushdi — YAgona portal

Nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun yaxshi yangilik e'lon qilindi